Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik, choralar ko‘rish va tiklanish bo‘yicha barcha sa'y-harakatlarning markazida bolalar bo‘lishi kerak

Yaponiya va UNICEF O‘zbekistonning janubiy viloyatida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish dasturini qo‘llab-quvvatlaydi

14 Iyun 2022

TОSHKENT, 2022 yil 16 - iyun – Maslahatchi va Missiya rahbarining o‘rinbosari janob Shinsuke Toda va Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi birinchi kotibi Tae Sato UNICEF vakillari bilan birgalikda Xalq ta'limi vazirligining Surxondaryo viloyati Termiz tumani bo‘limi qoshidagi bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif buyurishdi.

Ular markaz xodimlari, shuningdek, Yaponiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilishni kuchaytirish dasturining benefisiarlari bilan uchrashdilar. Ular shuni ta'kidladilarki, favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish mutlaq ustuvor vazifaga aylanadi, chunki bunday vaziyatlarda bolalar barchadan ko‘p azoblanadi. Bir joydan boshqa joyga ko‘chish, oiladan ajralish, shikastlanish va kasalliklar bolalarning xavfsizligi va farovonligiga tahdid soladi.

Yaponiya tomonidan moliyalashtirilgan dastur idoralararo Standart operasion proseduralarni (SOP) ishlab chiqish va asosiy ijtimoiy xizmat xodimlarining salohiyatini oshirish orqali Surxondaryo viloyati mahallalarida bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlashga qaratilgan.

“Yaponiya bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlash uchun ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi, chunki favqulodda vaziyatlar bolalarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Chin dildan umid qilamanki, SOP, o‘qitilgan mutaxassislar va psixologik-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlashga, xususan  favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik nuqtai nazaridan ham, hamda muhtoj bolalar va ularning oilalari muammolarini yaxshiroq hal qilishga hissa qo‘shadi," dedi janob Shinsuke Toda.

Bolalarni himoya qilish bo‘yicha idoralararo SOP va bolalarni himoya qilish sohasidagi mutaxassislarning, shuningdek 150 nafar psixologlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar Surxondaryo viloyatidagi 90000 dan ortiq bolalarga foyda keltiradi.

Bundan tashqari, 14 ta hududiy bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar SOP bo‘yicha o‘qitildi. SOP milliy milliy darajada tadbiq etilgan holda O‘zbekistonning bolalardan iborat aholisi (taxminan 12 million) bolalarni himoya qilishning sifatli tizimidan, jumladan favqulodda vaziyatlarda ham, keng foydalanishi mumkin.

“Bolalarni himoya qilish insonparvarlik harakatining barcha sohalariga integratsiya qilinishi kerak va bolalar favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish, ularga javob berish va tiklanish bo‘yicha ishlarning markazida bo‘lishi kerak,” dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosarining vazifasini ijro etuvchi Janar Sagimbaeva. “SOP O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlik, xo‘rlash, qarovsizlik va ekspluatasiyadan himoya qila oladigan milliy va mahalliy darajalarda bolalarni himoya qilishning kuchli tizimlarini yaratish uchun mustahkam poydevor yaratadi. SOP bolalarni o‘z oilalaridan zaruratsiz ajratishning oldini oladi hamda bolalar va oilalarning farovonligini ta'minlashga ko‘mak beradi.”

Yaponiya hukumati Termiz viloyati tibbiyot muassasalarida suv, sanitariya va gigiena (SSG) masalalarini hal etish uchun muayyan tadbirlarni ham moliyalashtirdi. Bu ishlar qatoriga suv quvurlarini barpo etish, suv saqlash rezervuarlari, suvni yumshatuvchi moddalar va fil'trlar, elektr energiyasi va issiq suv uchun quyosh panellarini o‘rnatish kiradi.

Sog‘liqni saqlash muassasalariga SSGga sarmoya kiritish va birlamchi tibbiy yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar Surxondaryoda viloyatida ona va bola salomatligini yanada yaxshi muhofaza qilishga ko‘mak beradi.

##

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Nargiza Egamberdieva

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchisi

Telefon: 99871 233 95 12

Elektron pochta:negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.