Jinoyat ishlari bo'yicha sudda ilk marotaba bolalarga do'stona muhitli tergov xonasi ochildi

Maxsus choralar sud jarayonida bolalarga ruxiy shikast etkazishning oldini oladi.

18 Fevral 2020
bolalarga-do'stona-muhitli-tergov-xonasi
UNICEF Uzbekistan

TOSHKENT, 2020 yil 18-fevral – O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va UNICEF ilk bor sudda ishlar ko'rilayotgan vaqtda jabrlanuvchi yoki jinoyat guvohi bo'lgan bolalarga do'stona muhitli xonani tashkil etdilar. U Toshkent shahar jinoyat ishlari bo'yicha Shayxontohur tumani sudida foydalanish uchun topshirildi.

Bolalarning yoshi, etukligi va ruhiy holati e'tiborga olingan holda, ular o'zlarini erkin va xavfsiz sezishlari uchun mazkur xona qulay muhitni ta'minlaydi. Bolalarga ruxiy shikast etkazish ehtimolini imkon qalar kamaytirish maqsadida xona zamonaviy video va audio tizimi bilan jihozlangan. Bunday choralar jabrlanuvchi yoki jinoyat guvohi bo'lgan bola sud muhokamasida ishtirok etayotganida u faqatgina suya bilan gaplashib, boshqa sud ishtirokchilari bilan har qanday muloqot qilishini istisno etadi.

"Sud bosqichida bolalarga do'stona muhitli ushbu xonaning ochilishi BMT Bola huquqlari bo'yicha qo'mitasining qonun bilan aloqada bo'lgan bolalarni himoya qilish choralarini ko'rish bo'yicha O'zbekistonga yo'llagan tavsiyalarini amalga oshirishdagi katta qadamdir,"- dedi Sasha Graumann, UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. “Agar biz jabrlanuvchi yoki jinoyat guvohi bo'lgan bolani ruxiy shikastlanishdan himoya qilmoqchi bo'lsak, biz kamida ikki narsaga amin bo'lishimiz kerak. Birinchidan, suhbat yoki tergov uchun muhit do'stona bo'lishi kerak. Ikkinchidan, sud muhokamasida bola sudyadan boshqa sud jarayoni har qanday ishtirokchilari, jumladan, ayblanuvchi bilan muloqotda bo'lmasligi kerak,» - deb ta'kidladi u.

Bolalar uchun adolatli sudlovning xalqaro standartlariga muvofiq, jabrlanuvchi va jinoyat guvohi bo'lgan bolalar uchun barcha bosqichlarda – sudgacha, sudda va suddan keyingi davrda - maxsus himoya choralari ko'rilishi zarur. Bu shuni anglatadiki, qonunlar adolatli sudlov jarayonida ushbu zaif bolalar bilan o'tkaziladigan suhbatlar sonini cheklashi lozim.

“Sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida O'zbekistonda jabrlanuvchi va jinoyat guvohi bo'lgan bolalar huquqlarining himoyasini yanada kuchaytirish borasida muhim chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, ilg'or xalqaro tajribaga muvofiqdir,”- dedi Kozimjon Komilov, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi.

UNICEF O'zbekiston hukumati bilan qonun ustuvorligini, xususan bolalarga nisbatan odil sudlovni mustahkamlash borasida yaqindan hamkorlik qiladi. Biz qonun bilan aloqada bo'lgan bolalar bilan ishlaydigan sudyalar kasbini ixtisoslashtirishni targ'ib etamiz. Shuningdek, jabrlanuvchi va jinoyat guvohi bo'lgan bolalarni so'roq qilish bo'yicha ko'rsatmalarni ishlab chiqmoqdamiz.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Safinas Axayeva
Bolalar himoyasi bo’yicha maslahatchi
UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi
Telefon: + 998 90 329 60 38
Elektron pochta: sahayeva@unicef.org
Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz. UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.