"Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF o'zaro anglashuv memorandumini imzoladilar

08 Mart 2021
баннер Замин и ЮНИСЕФ
UNICEF Uzbekistan/2020

TOSHKENT, 5-mart 2021-yil - "Zamin" xalqaro jamoat fondi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF) o'zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Memorandum bolalarning, jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning salomatligini ta'minlash, ularning rivojlanishi va himoyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida imzolandi.

Tomonlar barcha bolalarning, xususan, nogironligi bo’lgan va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini ta'minlash bo'yicha hamkorlik qiladilar.

"Zamin" fondi va UNICEF birgalikda sog'liqni saqlash, ta'lim va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, suv ta'minoti, sanitariya-gigiyena va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida inklyuziv dasturlarni amalga oshiradilar.

Memorandumda milliy va mahalliy darajalarda muvofiqlashtirishni talab qiladigan sohalarga alohida e’tiborni qaratgan holda, bolalarning manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan  anjuman, seminar, trening va kommunikatsion kampaniyalarni birgalikda o'tkazish ham nazarda tutilgan.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.