Qoraqalpog’iston Respublikasi vaktsinalar xavfsizligi obyektini takomillashtirmoqda

UNICEF va Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati yangi sovuq zanjiri obyektini yo’lga qo’ydi

06 Sentabr 2019
комната холодовой цепи для вакцин
UNICEF Uzbekistan

UNICEF va Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati Nukus tumanida zamonaviy muzlatgichlar bilan jihozlangan vaktsinalar omborini ochdi. Ushbu obyekt O'zbekiston bolalarining salomatligini yaxshilashga sezilarli hissa qo'shadi.

Mazkur yangi obyekt hududda vaktsinalarni samarali boshqarishni yanada takomillashtiradi. Uskunalar, qiymati 140 000 AQSh dollari atrofidagi sovutgichlar, vaktsinalar uchun muzlatgichlar hamda haroratni nazorat qilish moslamalari, shuningdek, boshqa yordamchi jihozlardan tarkib topgan.

UNICEFning O'zbekistondagi vakili o'rinbosari Afshin Parsi ushbu obyektni Qoraqalpog’iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining rahbariga topshirdi. Tadbirda, shuningdek, Sog'liqni saqlash vazirligi va Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari, Kengaytirilgan emlash dasturi (EPI) menejeri,  sovuq zanjiri menejeri, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy Sog'liqni saqlash boshqarmasi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari ishtirok etdi.

"Yangi uskuna Sog'liqni saqlash vazirligining vaktsinalarni to'g'ri boshqarishni ta'minlashdagi salohiyatini kuchaytiradi va emlash xizmatini yaxshilashga hissa qo’shadi, deb o’ylayman. Shunda Qoraqalpog'iston Respublikasidagi har bir bola uchun sifatli vaktsinalar yetkazilgan bo’ladi", deydi UNICEFning O'zbekistondagi vakili o'rinbosari Afshin Parsi.

"Vaktsinalar bolalarni kasalliklardan himoya qilish orqali sog'-salomat hayot kechirishlariga hissa qo’shadi", deydi UNICEF vakili o'rinbosari Afshin Parsi. "UNICEF O'zbekiston hukumatiga barcha zarur yordamni ko'rsatishda davom etadi, shunda hech bir bola emlanmagan va halokatli kasalliklardan himoyalanmagan holda qolib ketmaydi ", deya qo'shimcha qildi u.

Global ma'lumotlarga ko'ra, emlash 5 yoshgacha bo'lgan bolalar orasida qariyb 3 million o'lim holatlarini oldini olishi mumkin. Emlash bu kelajak avlodlar uchun qila oladigan, sog’liqni saqlash sohasiga kiritiladigan eng muvaffaqiyatli va tejamkor sarmoyalardan biridir.

Ushbu yangi uskuna bir yoshgacha bo'lgan qariyb 40 000 bolani emlash uchun 21 000 litrga yaqin vaktsinalarni saqlash imkoniyatiga ega. Sovuq xonalar vaktsinalarni 2-8 Selsiy harorati ostida xavfsiz saqlash uchun jihozlangan.

UNICEF shuningdek, mazkur obyektda jalb bo’lgan xodimlarni uskunalarni boshqarishda zarur bo’lgan bilim va qo’llanmalar bilan ta’minlashda yordam beradi.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Atul Kumar
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha bo’lim rahbari
UNICEF
Telefon: +99871 233 95 12
Elektron pochta: akumar@unicef.org

UNICEF to’g’risida

Ơz faoliyati orqali  UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga  erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va barcha bolalarning, xususan, ijtimoiy jihatdan  yakkalab qơyilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yơlida harakat qilamiz.

UNICEF va uning O’zbekistondagi faoliyati tog’risida tơliq ma'lumot olish uchun www.unicef.org/uzbekistan saytiga tashrif buyuring, hamda Twitter va Facebook sahifalarimizni kuzatib boring.