O’zbekiston ayollarida bachadon bo’yni saratonining oldini olish
Odam papillomasi virusiga (VPCh) qarshi emlash kampaniyasiga tayyorgarlik olib borilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, har yili O’zbekistonda 1660 nafar ayolga bachadon bo’yni saratoni yuzasidan tashxis qo’yiladi. Afsuski, har yili mamlakatda bachadon bo’yni saratonidan 585 dan ortiq ayollar vafot etadi. Vaholanki, ko’pgina bunday holatlarning oldini olish mumkin edi.
Odam papillomasi virusi (VPCh) - bu kelgusi hayot davomida deyarli 6 hildagi saraton kasalligiga olib keladigan keng tarqalgan virusdir. Saraton rivojlanishi, inson VPChni yuqtirib olganidan keyin namoyon bo’lguniga qadar bir necha yil, ko’pincha o’nlab yillar o’tadi.
VPChni yuqtirib olganlarning qay birida saraton kasalligi yoki salomatlikning boshqa muammolari yuzaga kelishini oldindan bilishning hech qanday iloji yo’q. Ammo, bugungi kunda farzandlaringizni saraton kasalligining bunday turlaridan himoya qilishning imkoniyati mavjud bo’lib, buning uchun qizingizning qo’liga oddiy emlash muolajasini o’tkazish kifoya qiladi.
VPCh vaksinalari 20 yil davomida barcha daromad guruhlariga mansub bo’lgan o’nlab mamlakatlarda joriy etildi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, VPCh bilan emlash juda havfsizdir. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi 9 yoshdagi qizlarga VPSh vaksinasining ikki dozasini tavsiya qiladi. VPCh vaksinasi sizning qizingizni kelgusi hayotida saratonning ayrim havfli turlaridan ishonchli, samarali va uzoq muddatli himoya bilan ta’minlaydi.
2019 yil oktyabr oyida Sog’liqni saqlash vazirligi mamlakatdagi barcha 9 yoshli qizlarni Milliy immunizasiya taqvimiga asosan VPCh ga qarshi emlashni rejalashtirmoqda.
2019 yil avgust oyida Sog’liqni saqlash vazirligi UNICEF ko’magida mamlakatning barcha mintaqalaridagi maktab o’qituvchilari va tibbiyot xodimlarini o’qitadigan asosiy trenerlar guruhi ushun yo’naltiruvchi uchrashuvlarni tashkil qildi.


“Shu yilning kuz mavsumidan boshlab barcha to’qqiz yoshli qiz bolalar, shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan guruhlarga mansub shu yoshdagi qizlar ham, “hech bir qizni e’tibordan chetda qoldirmaslik” tamoyiliga asosan VPCh vaksinasi bilan emlanish imkoniyatiga ega bo’ladilar”, - deydi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi Sog’liqni saqlash bo’limi rahbari Sufang Guo xonim.
“Emlash kampaniyasi maktablarda ham, poliklinikalarda ham o’tkaziladi. Biron sababga ko’ra maktablarga yoki poliklinikalarga kela olmaydigan qizlarni emlash bilan ta’minlash uchun O’zbekistonning barcha viloyat va tumanlarida ko’chma vaksinasiya guruhlari faoliyat yuritadi”, - deydi Sog’liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, doktor Dilorom Tursunova.
Maktab o’qituvchilari va tibbiyot xodimlari uchun ota-onalar va jamoatchilikka VPCh va vaksina haqida muhim ma’lumot yetkazishlarini ta’minlash ushun treninglar o’tkaziladi.
Ushbu imkoniyatni boy bermang! Farzandlaringizni himoya qiling - ularni o’z vaqtida emlang!
Qo’shimsha ma’lumot uchun www.privivki.uz sahifasiga murojaat qiling.