Хотите стать волонтерером ЮНИСЕФ?
Период приема заявок окончен

UNICEFga bizning ko`ngillimiz sifatida qo`shilishni xohlaysizmi
UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi sizni, Bizning UNICEF jamoamizga Ko`ngilli Talaba sifatida a`zo bo'lishga taklif qiladi. Ko`ngilli Talaba sifatida siz, O'zbekistondagi barcha maktablarda maktab xavfsizligini ta'minlashni olg`a surish tashabbusini qo'llab-quvvatlaysiz. Sizning rolingiz, maktab xavfsizligi haqida xabardorlikni oshirish va bolalarning simulyatsiya mashqlari orqali falokatlar paytida (yong'in va zilzilalar) xavfsiz xulqka rioya qilish ko`nikmalarini yaxshilash uchun onlayn-targ'ibot kampaniyasini qo'llab-quvvatlashdir. O`z shijoatingiz va ishtirokingiz bilan siz loyihaga eng qimmatli va muhim hissa qo'sha olishingizga va bolalar uchun yaxshiroq dunyo yaratishda qatnashishingizga ishonamiz.
Dastur haqida umumiy ma`lumot
Salohiyatni oshirish bo`yicha trening lageri – Ko`nikmalarni rivojlantirish va jamoada ishlashni o`rganish
Onlayn targ`ibot kampaniyasi - Maktabda xavfsizlik haqida xabardorlikni oshirish
Simulyatsiya mashqlari – Maktablarni favqulodda vaziyatlar simulyatsiyasini o`tkazishida qo'llab-quvvatlash
Mukofot berish marosimi – mukofotlarni va sertifikatlarni berish marosimi
Qanday murojaat qilish kerak?
E'lon qilinadi
Tez-tez beriladigan savollarga javoblar
Ko'ngillilikka qancha vaqt ketadi?
Xavfsiz maktab tashabbusini qo'llab-quvvatlaydigan talabalar ko'ngillilari dasturi 2018 yil avgust-noyabr oylarida davom etadi (4 oy). Ko'ngillilarga o'rtacha oyiga 50 soat vaqt ajratish tavsiya etiladi. 3 nafar talaba ko'ngillilaridan iborat guruhda, siz, Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish haqida axborot sessiyasini o`tkazish va favqulodda vaziyat simulyatsiya mashg'ulotlarini qo'llab-quvvatlash uchun o`z tumaningizdagi bitta maktabga borasiz (1 kun). Maktabdagi o'qishingiz bilan bir vaqtning o`zida siz dasturda ko'ngilli sifatida qatnashishingiz mumkin.
Men moliyaviy va/yoki boshqa foyda olamanmi?
UNICEFda talabalar ko'ngillisi bo'lishning asosiy afzalliklaridan biri - maktabda va bolalarga ijobiy ta'sir ko'rsatishingizdan olgan shaxsiy qoniqishingizdir. Shu bilan birga, UNICEF sizga, BMT va UNICEF bilan tanishish, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo'yicha, taqdimot ko'nikmalarini beruvchi bepul Salohiyatni oshirish treningida (2 kun) qatnashishingizni qo'llab-quvvatlaydi hamda siz boshqa ko'ngillilar bilan birga ishlab, ilhom olish va qiziqarli tajribalarni o'rganish imkoniyatiga ega bo`lasiz.
Ingliz tilini yaxshi bilishim kerakmi?
Yo'q. Ingliz tilini bilish talab qilinmaydi. Biroq, ingliz tilida gapirish va yozish qobiliyati katta ahamiyat kasb etadi.
Bu yerda javob berilmagan savol bo'lsa, kim bilan bog'lanishim mumkin?
Iltimos, sizni qiziqtirgan har qanday savolni: tashkent@unicef.org ga yozing.